O’zbekistonda ilk bor “Prime Education” innovasion abiturientlar maktabi ochildi

Prime Education abiturientlar maktabi ilm olishni tanlagan yoshlarga o’zida mujassam bir qancha innovasion imkoniyatlarni taqdim etadi.
Ushbu maktabda tahsil olishni istagan abiturientlar uchun ikkita yo’nalishda to’rtta avtobus qatnovi yo’lga qo’yilgan bo’lib, Toshkent shahrining istalgan joyida istiqomat qiluvchi abiturient bu avtobuslardan bepul foydalanadi.
Ushbu dargohda ilm olish uchun kelgan yoshlar ortiqcha hech bir narsaga chalg’ib qolmasliklari uchun ular yashaydigan mehmonxonada xona xizmati, shuningdek, abiturientning kiyimlari, idishlarini yuvib tozalash ishlari yo’lga qo’yilgan.

prime-education-3

Bu erda tahsil olayotgan har bir abiturient zarur darsliklar bilan bepul ta’minlanadi. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, o’quv-markazida ilm olishga bo’lgan rag’batni oshirish maqsadida abiturientlardan o’zlari o’rganayotgan fan bo’yicha test olib turiladi. Testda yuqori natija qayd etgan o’quvchi zamonaviy texnika qurilmalari: telefon, planshet, noutbuk singari sovg’alar bilan taqdirlanadi.
Bu hammasi emas, maktabning yangi o’quvchisiga aylangan har bir yigit-qizga o’quv markazining maxsus sovg’alari taqdim etiladi.
Bir so’z bilan aytganda Prime Education abiturientlar maktabi ilm olishni tanlagan abiturientni har tomonlama qo’llab-quvvatlaydi.

Save

Maslahat kerakmi?

Quyadiglarni to'ldiring. Sizga maslahat berish uchun tezda bog'lanamiz.